Berry BM1000A Portable Pulse Oximeter Berry BM1000A Portable Pulse Oximeter Berry BM1000A Portable Pulse Oximeter

Berry BM1000A portativ pulsoksimetri

Sutkalik (Xolter) EKG monitoringi

Berry BM1000A — bu kislorod saturatsiyasi (SpO2), puls chastotasi (PR) va perfuziya indeksini (PI) yuqori aniqlikda oʻlchashga moʻljallangan, kaftdek keladigan professional portativ pulsoksimetrdir. Qurilmaning bosh afzalligi — smartfon bilan sinxronizatsiya qilish uchun Bluetooth-modulining mavjudligi va turli yosh guruhidagi bemorlar uchun almashtiriladigan datchiklarni ulash imkoniyatidir.

Asosiy afzalliklari:

  • Smartfon bilan sinxronizatsiya: Berry Smart Health bepul ilovasi orqali maʼlumotlarni real vaqt rejimida uzatish va oʻlchovlar tarixini yuritish.

  • Aqlli ogohlantirish: Koʻrsatkichlar meʼyordan chiqib ketganda ishga tushadigan oʻrnatilgan ovozli signal (zummer).

  • Uch turdagi datchik: Tanlovga koʻra chaqaloqlar, bolalar yoki kattalar datchiklari bilan komplektatsiya qilish imkoniyati.

  • Ergonomik dizayn: Vazni bor-yoʻgʻi 58 g atrofida ekanligi va ixcham oʻlchamlari qurilmadan har qanday sharoitda oson foydalanish imkonini beradi.

  • Ishonchlilik: Mahsulot CE, ISO13485 va FDA xalqaro standartlari boʻyicha sertifikatlangan.

Buttlanishi (Komplektatsiyasi):

  • Berry BM1000A pulsoksimetri.

  • Kattalar uchun tashqi (vynosnoy) datchik (yoki tanlovga koʻra).

  • Foydalanuvchi qoʻllanmasi.

  • Quvvat elementlari (batareykalar).